Ijtimoiy tarmoqlarda OTMlarda öquv yili 2021 yil fevral oyiga qadar masofaviy şaklda davom etişi ma'lum qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlarda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babaşevning «Sevimli» telekanali muxbiriga bergan intervyusi asos qilib körsatilgan. Kun.uz muxbiri mazkur xabarga aniqlik kiritiş maqsadida vazirlik axborot xizmati rahbari bilan boğlandi.
Vazirlik vakilining aytişiça, u intervyuda ta'limning an'anaviy şakliga epidemiologik holatdan kelib çiqib ötilişini, bu balki 2-3 oydan keyin, balki 2-semestrda bölişi mumkinligini aytgandi.
«Intervyuda men aytgan ayrim gaplar tuşib qolgan. Men hamma ham an'anaviy ta'lim şakli samarali ekanini bilişini, lekin bu şaklga ötiş uçun maxsus komissiya qarori inobatga olinişini, masofaviy ta'lim ikkinçi semestrga qadar ham davom etişini, ikkinçi semestr esa fevralda boşlanişini aytgandim.
Hozirda har ehtimolga qarşi ta'lim şaklini masofaviy tarzda olib boriş uçun bir semestrlik dasturlar, videodarslar tayyorlanmoqda. Çunki vaziyatga qarab, an'anaviy şaklga ötiladigan bölsa, hamma uçun yaxşi. Lekin biz qaysidir sanani hozirdan aytib qöysak, lekin öşa paytga borib an'anaviy şaklga ötilmaydigan bölsa, öqituvçilar onlayn dars materiallarini tayyorlaşda sustkaşlikka yöl qöyişi, talabalar ham masofaviy şakldagi darslarda töliq qatnaşmay qöyişi mumkin», deydi Farhod Babaşev.
Vazirlik matbuot kotibi an'anaviy şaklga ötiş uçun köp jihatlar hisobga olinişini ham aytib ötdi.
«Mart oyida 80 ming talaba viloyatlarga qaytarilgan edi. Qabul kvotalari köpaygani hisobiga yangi öquv yilida 1-kurslar bilan qöşib hisoblasa, 100 ming talaba poytaxtga keladi. Odatda, poytaxtda avgust oyida metro, avtobuslarda odamlar kam böladi, sentyabrdan boşlab esa hamma joyda odamlar köpayadi. Şuning özi öquv yili boşlanganini bildiradi.
Pandemiya vaziyatida 100 ming talabaning poytaxtga qaytişi ijtimoiy masofa saqlaş imkonini pasaytiradi. Bu – an'anaviy ta'lim şakliga ötiş uçun e'tibor berilişi kerak bölgan bir jihat.
Ikkinçi jihat esa hozir talabalar turar joylarining karantin hududlari sifatida foydalanilayotgani va zaxiraga berilgani bilan boğliq. Vaholanki, poytaxtga qaytadigan 100 ming talabaning kamida 30-40 mingida yotoqxonada yaşaş ehtiyoji böladi. Bu vaziyatda talabalar ijarada turişiga töğri kelib qoladi. Natijada talabalar holatdan norozi bölişi mumkin», deya qayd etdi Farhod Babaşev.
Uning qöşimça qilişiça, ta'limni an'anaviy şaklga ötkazişdan oldin barça jihatlar inobatga olinadi va şunga qarab xulosa qilinadi. Lekin bu qaçon yuz berişi hali ma'lum emas.

















