Germaniya hukumati delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi doirasida mehnat migratsiyasiga oid xalqaro bitim imzolandi. Bu haqda Bandlik va kambağallikni qisqartiriş vaziri Behzod Musayev Özbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytişiça, mazkur hujjat bilan şaffof, taşkillaştirilgan migratsion jarayonlar yölga qöyiladi.

“Bundan taşqari biz bugun Germaniya temiryöllari “Deutsche Bahn” degan taşkiloti bor. Ular bilan avtobus, temiryöl haydovçilari tayyorlaşga, qolaversa, Globogate Concept AG taşkiloti bilan birgalikda hamşiralar tayyorlaşni yölga qöyyapmiz. Joriy yilning özida Özbekistondan 800 nafardan ziyod hamşiralar taşkiliy ravişda Germaniyaga jönatilmoqda, 400 nafari ketib bölişdi. Qolganlari til imtihonlarini topşirmoqda. Ularning oyligi kamida 2200 ming yevro qölga tegadigani hisoblanadi”, – deydi u.

Şuningdek, vazirga köra, maşinasozlik, transport, tibbiyot sohalari böladimi, farqi yöq, özbekistonliklar uçun şu yönalişlarda nemis texnologiyasini örganişga imkoniyat yaratiladi.

Qolaversa, Musayev qöl qöyilgan bitimni tarixiy deb baholadi.

“Misol uçun, Hindiston bilan Germaniya bunday bitimni 6 yil davomida tayyorlagan bölsa, Özbekiston va Germaniya örtasidagi strategik munosabatlarni ahamiyatga oladigan bölsak, şunday murakkab hujjat 1 yil davomida tayyorlandi va imzolandi.

Bugungi bitim 1 yil yoki 5 yillik emas, umuman olib qaralganda kelgusidagi 10-20-30 yilni qamrab oladigan hujjat böldi”, – deydi rasmiy vakil.

Eslatib ötamiz, avvalroq özbekistonlik hamşiralar Germaniyada iş bilan ta’minlanişi mumkinligi xabar qilingandi. Xususan, Namangan viloyati hokimligida Şveytsariyaning Globogate Concept AG taşkiloti rahbari Johannes Meyyer bilan uçraşuvida şunga kelişilgandi.

Undan oldinroq esa Kun.uz 2023 yil sentabr oyida Şveytsariyaning tibbiyot sohasidagi kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan dastur asosida Germaniyaning Aaçen şahriga hamşira sifatida işlagani ketgan Dilnura Berdiyeva bilan intervyu qilgandi.

Yurtdoşimiz suhbat davomida şartnoma böyiça 2400 yevro, suğurta, soliqlar çegirib qolinganda 1700-1800 yevro maoş olayotganini bildirgandi.