2024 yilning 2-yarmidagi taxminiy hisob-kitoblarga köra, yil tugaşiga qadar jami 2,1 mln nafar odam daromadli işlarga joylaştiriladi. Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasining yiğilişida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri Behzod Musayev xabar berdi.

Qayd etilişiça, qişloq xöjaligi sohasining kelayotgan mavsumiy yiğim-terim işlariga salkam 500 ming nafar odam jalb qilinadi.

Aholi uçun turizm maskanlari, 68 ta hududdagi xalqaro avtomobil yöllaridagi xizmat körsatiş va savdo obektlarini taşkil etiş orqali 500 mingta, yil yakuniga qadar 656 ta köp qavatli uylar, yangi Özbekiston massivlari hamda 1 416 ta ijtimoiy obektlarni quriş va rekonstruksiya qilişda 60 mingta iş örni yaratiladi.

Şuningdek, yil yakunigaça 5 mingdan ortiq investitsion loyihalar işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Ularda 197 ming nafar fuqaro doimiy iş örniga ega böladi.

Musayev sönggi 6 oyda “yangiish.mehnat.uz” elektron platformasiga kiritilgan ma’lumotlar tahlil qilinganini, Özbekistonning 2,9 mln nafar aholisi ayni vaqt doimiy, mavsumiy va vaqtinçalik işlarda band ekanini ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, eng köp daromadli mehnatda respublika miqyosida jami 1,5 mln nafardan köproq odam işlaydi. Hududlar kesimida hisoblaganda Qaşqadaryoda 446 ming, Andijonda 244 ming, Fargonada 284 ming, Toşkent viloyatida 293 ming hamda Surxondaryoda 247 ming nafarni taşkil etadi.

Ma’lumot uçun, bandlik dasturi doirasida taşkil etilgan iş örinlari va band bölgan aholini onlayn rejimda kuzatib boriş maqsadida tegişli vazirlik va idoralarning elektron ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan “yangiish.mehnat.uz” elektron platformasi işga tuşirilgan.