Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarni o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Ichki xavfsizlik vazirligi universitetga xat yo‘llab, almashinuv dasturi bo‘yicha talabalarning qabul qilinishiga ruxsat beruvchi sertifikat bekor qilinganini bildirdi.
Foto: AP
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarni o‘qishga qabul qilishni taqiqladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Ichki xavfsizlik vazirligi universitetga xat yo‘llab, almashinuv dasturi bo‘yicha talabalarning qabul qilinishiga ruxsat beruvchi sertifikat darhol bekor qilinishini bildirdi.
Xat nusxasi bilan tanishgan NYT jurnalistlari hukumatning ushbu harakatini «universitet bilan qarama-qarshiliklarida jiddiy keskinlashuv» deb atadi.
Hozircha AQSh hukumati ham, Harvard ham mazkur holatga izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni Tramp ma’muriyati Harvard universitetiga xat yo‘llab, universitet boshqaruvida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazish, shuningdek, qabul siyosatini o‘zgartirishga chaqirgandi. Tramp ma’muriyatining Harvardga qo‘ygan talablari, shuningdek, universitet, professor-o‘qituvchilar va rahbariyatning xilma-xillik haqidagi qarashlarini ko‘rib chiqish va kampusda niqob kiyishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi. Jurnalistlarning fikricha, oxirgi talab aniq Falastin tarafdori namoyishchilarga qaratilgan.
14 aprel kuni AQSh federal hukumati Harvard universitetiga 2,2 milliard dollardan ortiq grantlar va 60 million dollarlik shartnomalarni muzlatib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Aprel oxirlarida esa Harvard universiteti moliyalashtirish muzlatib qo‘yilgani uchun prezident Donald Tramp ma’muriyati ustidan sudga va’do arizasini kiritdi.
Mavzuga oid
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
08:25 / 27.12.2025