Ukraina Kirovoxrad viloyatidagi “Dobraya” konida litiy qazib oliş huquqini Dobra Lithium Holdings kompaniyasiga — AQŞ bilan aloqalari bölgan investorlar guruhiga berdi. Litiy konini özlaştiriş böyiça tanlov ğolibi tanlangani haqida Ukraina boş vaziri Yuliya Sviridenko duşanba kuni, 12 yanvarda Telegram’da xabar qildi. “Konning özlaştirilişi 179 mln dollar miqdoridagi minimal kapital investitsiyalarini jalb qiliş imkonini beradi. Şundan 12 mln dollar yangi geologik-qidiruv işlari va zaxiralarni xalqaro auditdan ötkazişga, 167 mln dollar esa — agar konning sanoat miqyosidagi zaxiralari tasdiqlansa — qazib oliş va boyitişni taşkil etişga yönaltiriladi”, — deyiladi xabarda.
Ukraina boş vaziri fikriça, AQŞdan investorlarni jalb qiliş Ukrainaga nisbatan xalqaro e’tiborni kuçaytiradi va mamlakat uçun qöşimça xavfsizlik kafolatlarini yaratadi. “Bu loyiha amerikalik şeriklar bilan birga Ukrainaning juda raqobatbardoş va yuqori texnologiyali global litiy sanoatiga kirişi uçun beqiyos imkoniyatlarni oçadi”, — deya ta’kidladi Sviridenko. Aksiyadorlari Techmet va The Rock Holdings bölgan Lithium Holdings kompaniyasi “muhim ahamiyatga ega foydali qazilmalarni qazib oliş sohasida katta tajribaga ega”, deya qöşimça qildi Ukraina boş vaziri.
AQŞning DFC moliyaviy kompaniyasi ma’lumotlariga köra, Techmet AQŞ hukumati tomonidan qöllab-quvvatlanadi. Reuters agentligi aniqlaşiça, litiy loyihasi böyiça tender 2025 yil avgust oyida e’lon qilingan va u AQŞ bilan qöşma investitsiya fondi doirasidagi birinçi loyiha hisoblanadi. Kelişuv Vaşingtonga Ukrainaning yangi xomaşyo resurslariga imtiyozli kiriş imkoniyatini beradi va Rossiyaning harbiy tajovuzi tugaganidan keyin Ukrainani tiklaş uçun fond orqali mablağ töplaşni nazarda tutadi.
The New York Times (NYT) gazetasi ma’lumotlariga köra, investorlardan biri — milliarder Ronald S. Lauder, kosmetika imperiyasining merosxöri va AQŞ prezidenti Donald Trampning dösti. Qayd etilişiça, Lauder Trampni kollej davridan beri taniydi va göyo aynan u Trampga resurslarga boy Grenlandiyani “sotib oliş” ğoyasini bergan.
NYT yozişiça, Ukraina yirik davlat koni bölgan “Dobraya”da litiy qazib oliş huquqini amerikalik investorlarga berişni tanlov ğolibi rasman e’lon qilinişidan tört kun oldin ham xabar qilgan edi. Ukraina hukumat komissiyasining ikki a’zosi 8 yanvar kuni naşrga (anonimlik şarti bilan) qaror allaqaçon qabul qilinganini, ammo kelişuv Ukraina vazirlar mahkamasi tomonidan rasman tasdiqlanişi kerakligini aytgan. Şu bilan birga, NYT manbalari ğolibni aniqlaşda “favoritizm” bölgani haqidagi taxminlarni rad etgan.
28 iyun kuni bir vaqtning özida bir neça Rossiya va Ğarb naşrlari xabar berganidek, Rossiya armiyasi Donetsk viloyatining ğarbidagi Şevçenko nomli kiçik posyolkani okkupatsiya qilganidan keyin Ukraina muhim litiy konini yöqotgan. The New York Times’ning Kiyevdagi muxbiri yozişiça, Ukraina “AQŞ bilan yangi iqtisodiy şeriklikni qöllab-quvvatlaşga yordam berişi mumkin bölgan eng muhim aktivdan mahrum qilingan”.













