Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar qator dolzarb yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida Feridun Sinirlio‘g‘luning O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan tashrifi va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti haqida so‘z yuritilgan.

YXHT bosh kotibi O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Muzokaralar chog‘ida transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish, yoshlar manfaatlarini himoya qilish, gender tengligi hamda sud-huquq sohasidagi islohotlar kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Mavzuga oid
21:42
Saida Mirziyoyeva XAEA bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi
18:49
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
23:03 / 02.06.2026