Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
U Samarqand forumi ishtirokchilariga prezident tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand shahrida boshlangan Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi.

«Samarqandda o‘z ishini boshlagan Global ekologik jamg‘armaning 8-Assambleyasi ishtirokchilariga Prezidentimizning tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirdim, bu men uchun yuksak sharaf. Forum Markaziy Osiyo va butun dunyo uchun hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lgan masala — iqlim muammolarini muhokama qilish imkonini berdi. Shuningdek, O‘zbekistonning global ekologik kun tartibidagi nufuzi oshib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Assambleya doirasida «Eco Expo Central Asia-2026» ko‘rgazmasi tashkil etilib, uning maydonida «yashil» loyihalar uchun 80 mln dollar miqdoridagi grantlar hamda 520 mln dollardan ziyod investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Endi asosiy vazifa tabiatni asrab-avaylash yo‘lidagi ushbu tashabbuslarni amaliyotga izchil tatbiq etishdan iborat. Ayni vaqtda ikkala tadbirda dunyoning 180 ta mamlakatidan jami 8 yarim mingdan ortiq mutaxassis ishtirok etmoqda», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.




Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:20 / 06.07.2026