Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH davlatlari rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi.
Unda nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi hamda sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e'tibor qaratdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi O‘zbekiston uchun, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turli tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish, xavfsizlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish jihatidan manfaatlidir. So‘nggi yillarda mamlakatimizning ushbu tashkilotdagi ishtiroki ancha faollashdi. Joriy yili yurtimizda MDHning ko‘plab tadbirlari o‘tkazildi.

Uchrashuvda 2020 yilda MDHda raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi to‘g‘risidagi qaror barcha tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
21:33 / 12.12.2025