O‘zbekiston | 21:33 / 12.12.2025
4279
1 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning doimiy betarafligi 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025 yil «Xalqaro tinchlik va ishonch yili» deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi va Toshkentga qaytdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.

Davlat rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025 yil «Xalqaro tinchlik va ishonch yili» deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi hamda nutq so‘zladi.

O‘zbekiston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va prezident Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Delegatsiyalar rahbarlari tashrif doirasida Ashxoboddagi yangilangan Betaraflik majmuasiga ham tashrif buyurdilar.

Tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyevni Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid