Kişinyov Moldovaning Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH)dagi a’zoligiga asos bölib kelgan uçta asosiy kelişuvni denonsatsiya qiliş jarayonini boşladi. Bu haqda duşanba, 19 yanvar kuni, Moldova taşqi işlar vaziri Mixay Popşoy Radio Moldova efirida ma’lum qildi. U ta’kidlaşiça, uşbu kelişuvlar kuçini yöqotgandan söng rasmiy va yuridik jihatdan “Moldova MDH tarkibiga kirmaydi”, şu bilan birga de-fakto a’zolik “allaqaçon” töxtatilgan.
Moldova boş vaziri örinbosari va TIV rahbari qayd etişiça, gap quyidagi hujjatlar haqida ketmoqda: 1993 yil 22 yanvar kuni Minskda imzolangan MDH nizomi, 1991 yil 8 dekabrdagi MDHni taşkil etiş töğrisidagi bitim, şu bitimga 1991 yil 22 dekabrda qabul qilingan ilova.
Popşoyning sözlariga köra, denonsatsiya jarayoni allaqaçon ketmoqda va parlament deputatlari tegişli hujjatlarni yangi parlament sessiyasining eng boşida körib çiqadi.
“Ehtimol, fevral örtasigaça biz hukumatdagi tartib-taomillarni yakunlaymiz, şundan keyin qaror parlament tomonidan qabul qilinadi”, — deb vazirning sözlarini keltiradi “Moldpress” Moldova davlat axborot agentligi.
Mixay Popşoy Moldovaning MDHdagi a’zoligiga oid kelişuvlarni uzişni “mamlakatning Yevropa yönalişini mustahkamlaşdagi muhim qadam” deb atadi.
Moldova taşqi işlar vaziri qöşimça qilişiça, umumiy hisobda Moldova MDH bilan 283 ta kelişuvni imzolagan; şulardan 71 tasi allaqaçon denonsatsiya qilingan, yana taxminan 60 tasi denonsatsiya jarayonida. Şu bilan birga, Popşoyning aytişiça, Kişinyov Yevropa yönalişiga zid kelmagan taqdirda, iqtisodiy foyda keltiradigan yoki fuqarolar uçun amaliy ahamiyatga ega bölgan kelişuvlardan voz keçiş niyatida emas.












