Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir juft mango mevasi qariyb 4 ming dollarga sotildi
Yaponiyaning Miyadzaki shahridagi ochiq savdolarda mango mevasining noyob turlaridan biri qariyb 3,7 ming AQSh dollariga sotildi. Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, savdolarda Fukuoka tumanidagi do‘konlardan birining egasi g‘olib chiqqan.
U xarid qilgan mevasini peshtaxtada reklama maqsadida qo‘yib qo‘yish niyatida. Kimoshdi savdolarida hammasi bo‘lib 200dan ortiq da'vogar ishtirok etgan.
Bunday savdolarga esa mangoning mahalliy “Quyoshli turi”ning eng yaxshi namunalari qo‘yiladi – ular tarkibida shakar miqdori 15 foizdan oshmasligi va og‘irligi 350 grammdan ko‘proq bo‘lishi kerak.
Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Yaponiyadan bunday turdagi auksionlar doimiy tarzda o‘tkaziladi. Masalan, o‘tgan yilning mayida Sapporo shahridagi savdolarda "Yubari" turidagi bir juft qovun 18,4 ming dollarga sotilgandi.
Mavzuga oid
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
12:24 / 24.03.2026