Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 iyundan umumta'lim maktablarida 1-sinfga qabul boshlanadi
15 iyundan respublika umumta'lim maktablarida 1-sinfga qabul boshlanadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma'lum qildi.
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumta'lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi.
Jarayon 2 bosqichda bo‘ladi. Birinchi bosqichda ota-onalar 15 iyundan 5 iyulga qadar my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydi. Bunda ota-onalarga 3ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi. Birinchi maktab - ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, ya'ni yashash manzili biriktirilgan mikrohududdagi maktab bo‘ladi, ikkinchi va uchinchi maktablar - ota-onalar ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnashi uchun qulay bo‘lgan maktablar.
Ikkinchi bosqichda 6 iyuldan 31 iyulga qadar ota-onalar elektron platforma orqali tanlagan birinchi maktabga, ya'ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradi, hujjatlarni topshirish to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylashishi kafolatlanadi.
Agar ota-onalar mikrohududdagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan bo‘lsa, ya'ni elektron ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda, 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topshirishi mumkin bo‘ladi.
Qolgan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)lari) umumta'lim maktablarida 1-sinfga qabul an'anaviy shaklda, ya'ni bevosita maktabda amalga oshiriladi. Qabul an'anaviy shaklda amalga oshiriladigan hududlarda ota-onalar 15 iyundan 15 iyulga qadar doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarini 1-sinfga joylashtirish uchun hujjatlarini topshirishi mumkin.
Shuningdek, 16 iyuldan 15 avgustga qadar ota-onalarga ixtiyoriy tanlov asosida boshqa maktablarga, ya'ni mikrohududiga kirmasa ham bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, farzandlarini 1-sinfga qabul qilish uchun boshqa maktabga hujjatlarini topshirish imkoniyati beriladi.
“Ta'lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunning 9-moddasiga asosan yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi (2014 yil 1 yanvaridan 31 dekabrigacha tug‘ilgan bolalar). Qonun talablari boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, ya'ni nodavlat xususiy barcha ta'lim muassasalari uchun ham majburiydir. Umumta'lim maktablariga biriktiriladigan mikrohududlar mahallalar joylashuvi va aholi demografik o‘sishini inobatga olgan holda tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida belgilanadi. Hududlarda yangi uy-joylar qurilishi yoki ma'muriy-hududiy chegaralar o‘zgarishi sababli tuman (shahar) hokimliklari qarori bilan umumta'lim maktablariga biriktirilgan mikrohududlar qayta o‘zgarishi mumkin.
Mavzuga oid
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
16:00 / 18.10.2025
Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda eskirgan tartibotlar bekor qilinadi
12:38 / 16.09.2025
OTMga xorijiy fuqarolarni yangi portal orqali o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi
18:11 / 15.09.2025