Nizomga köra, oliy ta’lim taşkilotlarining bakalavriatiga quyidagilar asosida öqişga qabul qilinadi:

- Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan bakalavriat yönalişlari böyiça davlat granti, jumladan, ta’lim granti asosida;

- Özbekiston Respublikasi ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari asosida.

Kiriş imtihonlari 2 bölimdan iborat böladi:

- 1-bölim – barça bakalavriat ta’lim yönalişlari uçun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va Özbekiston tarixidan test sinovlari;

- 2-bölim – abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yönalişiga mos 2 ta fandan test sinovlari yoki ta’lim yönalişiga mos kasbiy (ijodiy) imtihonlar.

Qabul jarayoni 2 bosqiçda amalga oşiriladi:

- 1-bosqiçda 5 iyundan 25 iyungaça test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topşiriş hududi;

- 2-bosqiçda test sinovi yakunlangaç, 15 kun davomida oliy ta’lim taşkiloti, bakalavriat ta’lim yönalişi, ta’lim şakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi.

Abituriyentning test sinovida töplagan ballari haqida ma’lumot test sinovi ötkazilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi.

Abituriyentning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani böyiça tanlov natijasi röyxatdan ötişning 2-bosqiçi yakunlangaç, 1 hafta muddatda Bilim va malakalarni baholaş agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.