Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga Kinematografiya agentligi tomonidan har yili 12 milliard so‘mdan (1,14 mln dollar - tah.) kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya mablag‘lari ajratiladi.
Bunda:
- subsidiya olish uchun talabgor telekanal serial ijodiy loyihasini agentlikka taqdim etadi;
- agentlik Badiiy kengashi serialning mazmun-mohiyati, mavzusi, telekanal auditoriyasi va reytingini hisobga olgan holda subsidiya mablag‘lari ajratiladigan telekanallarni aniqlaydi;
- subsidiya oluvchi telekanal seriallar budjetining kamida 50 foizini o‘z mablag‘lari hisobidan qoplashi lozim.
Agentlik uch oy muddatda milliy seriallar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda davlat dasturini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hujjatli va xronikal filmlar ishlab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- faoliyatida dolzarb islohotlar amalga oshirilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari ro‘yxati hamda filmlarni moliyalashtirish manbalari har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
- ushbu ro‘yxat va unga kiritilgan filmlarni tasvirga olish uchun zarur mablag‘lar Markazga yo‘naltiriladi;
- markaz hujjatli va xronikal filmlar ishlab chiqarishni ochiq tanlov asosida tashkil etadi.
Audiovizual asarlar (kino, serial, multfilm, hujjatli film, teleko‘rsatuv) yaratishda respublika hududida amalga oshirilgan xarajatlar bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berish (“rebate”) bo‘yicha quyidagi tartib joriy etiladi:
a) xorijiy kinokompaniyalar uchun, agar xarajatlar summasi:
- 3 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 10 foiz, biroq bitta film uchun 250 million so‘mdan oshmagan miqdorda;
- 3 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 15 foiz, biroq bitta film uchun 650 million so‘mdan oshmagan miqdorda;
- 5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 20 foiz, biroq bitta film uchun 1,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda;














