“Kino san'ati va sanoatini yangi bosqiçga olib çiqiş, sohani davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi prezident farmoni e'lon qilindi.
Quyidagilar milliy kinematografiyani rivojlantirişning ustuvor yönalişlari etib belgilansin:
- kino san'atini jamiyatning ma'naviy, madaniy-ma'rifiy hayotida, jumladan, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda strategik manba sifatida şakllantiriş;
- kino sanoatini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini bozor tamoyillari asosida takomillaştiriş, şuningdek, xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qiliş va hamkorlikda filmlar işlab çiqarişni rivojlantiriş;
- kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmoği sifatida rivojlantiriş, zamonaviy va yuqori texnologik moddiy-texnik bazaga ega infratuzilma yaratiş;
- kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlaş, kino ijodkorlari va texnik xodimlari malakasini oşirişning samarali tizimini yaratiş;
- milliy seriallar işlab çiqarişni davlat tomonidan rağbatlantiriş, animatsion filmlar işlab çiqarişga yoş multiplikator va animatorlarni keng jalb qiliş;
- sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinişini ta'minlaş, kinoprokat tizimini rivojlantiriş va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib çiqiş.
“Özbekkino” Milliy agentligi Özbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi.
Agentlik, kino san'ati va sanoati vakillarining quyidagi taşabbuslari qöllab-quvvatlandi:
- “Ipak yöli durdonasi” Toşkent xalqaro kinofestivalini ta'sis etiş va uni 2021 yildan boşlab muntazam ötkazib boriş;
- kino san'ati va sanoati vakillari mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boşqaradigan Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmasi nodavlat notijorat taşkilotini taşkil etiş;
- oliy ta'lim muassasalarining kinematografiya yönalişida ta'lim olayotgan talabalarini qöllab-quvvatlaş uçun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini ta'sis etiş;
- “Oltin Humo” milliy kino mukofoti taqdimotini har yili an'anaviy ravişda ötkazib boriş;
- milliy kinematografiya sohasida samarali faoliyat körsatayotgan ijodkorlar va mutaxassislarni rağbatlantiriş maqsadida “Kinematografiya fidokori” kökrak nişonini ta'sis etiş.












