San’at deb öziga şu nomni olgan har bir narsaga aytsa böladimi? Içida biron dona çuqur ma’nosi bölmagan, aksinça bema’nilikni çöqqiga olib çiqqan seriallarni-çi – san’at desa böladimi?

“San’at nima” degan savolga javoblar turliça. Mening masalan javobim radikal: haqiqiy san’at şunday narsaki, u yoqangizdan olib, stereotiplaringiz dunyosidan sizni suğurib oladi va haqiqiy dunyo bilan yuzma-yuz qoldiradi. Haqiqiy san’at ta’sirida siz bir lahzaga bölsa-da ongingizni ramkalarga solib qöygan aşqal-daşqallardan qutulib, haqiqiy voqelik oldida yalanğoç qolasiz.

Bunday lahzalarda siz kiçkina qobiğingizdan çiqib, butun boşli Koinotga çekadan turib qaray olasiz va uni – Koinotni naqadar katta kuç yuzaga keltirganini tuyasiz. Bunday lahzada siz onangiz rahmiga qaytib, qançalik ojiz ekaningizni anglaysiz. Bunday lahzada siz uçun vaqt va makon ahamiyatini yöqotib, butun hayotingiz bitta nuqtaga aylanadi. Qisqasi haqiqiy san’at sizni özgartiradi, uning ta’sirida siz avvalgi holingizda qolmaysiz.

Bundan boşqaçasi men uçun şaxsan san’at emas, köngilxuşlik. Bunaqa “san’at” qiynalmay yasaladi. Haqiqiy san’at esa bu – oğriqli jarayon, uni... “tuğiliş” yoki “tuğiş” deb atasa böladi. Haqiqiy ijod ölib-tiriliş bilan barobar.

Biroq şunçaki köngilxuşlik uçun yasaladigan “san’at” bu hali favqulodda zarar emas, ruhni öldiradigani ham bor. U insonning eng past – hayvoniy hislarini qitiqlab, e’tiborini öziga jalb qiladi  va şu orqali maqsad hosil böladi. Uni yasaydiganlar mahsulotlari insonga qanday ta’sir qilişi haqida öylaşmaydi albatta, ammo siz bilan men bu haqda öylaşimiz kerak.

Özbek seriallaridan namunalar.

Ruhsiz biz şunçaki tana. Ruhimizning holati esa ongimizga boğliq. Ong ruhni kökka kötarib xursand qilişi mumkin, qafaslarda qolib rivojlanmagan ong esa ruhni... “bemor qilib” qöyadi.    

Haqiqiy san’at qanday yuzaga keladi? Isyondan. Ijodkor qoliplar içida qolib ketgan odamlarni körib, manzaradan norozi böladi va qafaslarni sindirgisi keladi. Mana şu ruhiy harakat uni – ijodkorni öziga xos magnitga – ğoyalarni öziga tortadigan obektga aylantiradi. Mana şu onda u ilhom deb atalmiş ne’matga loyiq böladi va uni oladi. Va bu hammasi emas. Ilhomni asarga aylantiriş uçun ijodkor uni tanasidan ötkazişi kerak va qiynoqlarda dunyoga keltirişi kerak.