O‘zbekiston | 11:00
2447
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Click firibgarlar o‘g‘irlagan mablag‘larni qaytarib beradi

Click yetakchi fintex platforma firibgarlikka duch kelgan foydalanuvchilar uchun mablag‘larni qaytarish kafolatini ishga tushirmoqda. Ariza tekshirilgandan so‘ng, agar firibgarlik holati tasdiqlansa, kompaniya pulni qaytarib beradi. Arizani Click SuperApp’dagi «Firibgarlik haqida xabar berish» mini-ilovasi orqali yuborish mumkin.

Foto: Click

Click tizimida ko‘p qatlamli shaxsiy va hamkorlarning himoya yechimlari qo‘llangan va ular firibgarlik yuz berishidan avval xavfni aniqlab, uni bartaraf etish imkonini beradi.

Shu bilan birga, Click foydalanuvchilarining himoyasi faqat texnologiyalar bilan cheklanib qolmaydi. Kompaniya foydalanuvchilarni firibgarlardan himoyalash mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi va amalda ko‘rsatadi: endilikda agar firibgarlar Click tizimi orqali pul o‘g‘irlasa, mazkur mablag‘ni kompaniyani o‘zi qaytaradi.

Bu Click’ning qat’iy yondashuvi: endilikda xavfsizlik shunchaki gap emas, balki kompaniya zimmasidagi aniq majburiyatdir.

«Biz uchun eng muhimi — foydalanuvchilar Click’ni ishlatayotganda o‘zini xotirjam his qilishidir. Biz himoya texnologiyalarini doimiy ravishda kuchaytirib boramiz, ammo xavfsizlik bu faqat tizim va algoritmlar emas, balki foydalanuvchining murakkab vaziyatda yolg‘iz qolmasligiga bo‘lgan ishonchi ham ekanligini yaxshi tushunamiz. Shu sababli biz firibgarlik yuz berganda mablag‘larni qaytarish kafolatini ishga tushiryapmiz», — dedi Click kompaniyasi bosh direktori va hammuassisi Ulug‘bek Rustamov.

Mablag‘lar tekshiruv yakunlariga ko‘ra qaytariladi: agar firibgarlik tasdiqlansa, pul foydalanuvchiga qaytarib beriladi. Bunday hollarda, Click jamoasi arizaga tezda javob beradi, vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqadi va muammo to‘liq hal bo‘lguncha foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlaydi.

Agar foydalanuvchi o‘zi amalga oshirmagan pul o‘tkazuvini yoki o‘z tasdig‘isiz hisobdan mablag‘ yechilganini aniqlasa, batafsil ma’lumot va ariza yuborish imkoniyati Click SuperApp ilovasining “Firibgarlik haqida xabar berish” mini-ilovasida mavjud:

Firibgarlik haqida xabar berish

Arizalar faqat identifikatsiyalangan foydalanuvchilardan qabul qilinadi – mazkur chora akkaunt egasini tasdiqlash va tekshiruv to‘g‘ri o‘tishi uchun kerak bo‘lgan zaruriyatdir. Identifikatsiya foydalanuvchi va uning mablag‘larini himoyalaydi va ular uchinchi shaxslar qo‘liga tushib qolish xavfini bartaraf etadi:

Identifikatsiyadan o‘tish

Click raqamli to‘lovlar va o‘tkazmalar sodda, qulay va ishonchli bo‘lib qolishi uchun bundan keyin ham antifrod tizimlarni rivojlantirish va servis xavfsizligini kuchaytirishni davom ettirishini ta’kidlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid