O‘zbekiston | 19:00 / 25.08.2025
5370
2 daqiqa o‘qiladi

Click orqali o‘tkazmalar: karta yoki telefon raqamisiz

Tezlik va qulaylik muhim bo‘lgan zamonda Click mobil to‘lovlar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Click Boom va oflayn o‘tkazmalar funksiyalari bilan Click pul o‘tkazmalarini deyarli pul teleportatsiyasi deb atash mumkin bo‘lgan darajaga ko‘taradi!

Foto: Click

Click Boom - tezkor o‘tkazmalar

O‘tkazmani amalga oshirish uchun ikkala foydalanuvchi bir-biriga yaqin bo‘lishi, ularning smartfonlarida esa Click SuperApp ilovasidagi Click Boom bo‘limi ochiq bo‘lishi lozim. Mablag‘ o‘tkazuvchi maxsus “radar” yordamida yaqin atrofdagi barcha qabul qiluvchilarni ko‘rishi va karta yoki telefon raqamlarini kiritmasdan, atigi bir nechta klikda pul yubora olishi mumkin. O‘tkazish jarayoni shunchalik oddiy va tezki, uni hatto havoda ham amalga oshirish mumkin:

Oflayn pul o‘tkazmalari

Click SuperApp ilovasi hatto Internetga ulanish bo‘lmagan hollarda ham pul o‘tkazish imkonini beradi. Internetsiz pul o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

• Click SuperApp’da oflayn tizimni faollashtirish
• O‘tkazmalar bo‘limiga o‘tish
• Qabul qiluvchining telefon yoki karta raqamini hamda o‘tkazma summasini kiritish
• “Davom etish” tugmasini bosish va so‘rovni yuborish

Mazkur funksiya sayohat qilayotganda yoki internet barqaror bo‘lmagan joylar uchun qulaydir: masalan, mablag‘ni Qoraqalpog‘istonning olis chekkalaridan, Chimyon orqali o‘tadigan go‘zal yo‘lda ketayotganda yoki Surxondaryo tog‘lari bo‘ylab sayohat qilayotganda jo‘natish mumkin. Tizim O‘zbekistonning deyarli hamma joyida ishlaydi.

Click bilan moliyaviy operatsiyalar osonroq, xavfsizroq va yanada tezroq. Yangi funksiyalar esa ilovani yanada qulaylashtiradi va kundalik hayotda yanada ko‘proq vazifalarni bajarish imkonini beradi.

Click Boom’ni sinab ko‘rish 

Reklama

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid