Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda mashhur Katta bozorni keng ko‘lamda ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi
Foto: © AP
Turkiyaning iqtisodiy poytaxti Istanbulda 14 iyul kuni mamlakatdagi eng diqqatga sazovor joylardan biri – Katta bozorning keng ko‘lamli ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi. Katta bozor yoki Kapali Charshi (“Yopiq chorsu” – tahr) sayyoradagi eng katta bozor hisoblanib, maydoni 30 ming kvadrat metrdan ziyodni tashkil etadi. Unda 64 ta ko‘cha bo‘lib, 3,6 ming do‘kon joylashgan. Har yili bu yerga yarim milliondan ziyod odam tashrif buyuradi. 2013 yilda bozorga 91 million kishi tashrif buyurdi va bozorni yer yuzida eng ko‘p odam yig‘iladigan joylar reytingida birinchi o‘ringa olib chiqdi.
Ta'mirlash ishlari o‘z ichiga tom qismini almashtirish, kanalizatsiya tizimini yangilash, ventilyatsiya va yer osti binolarini tuzatishni oladi.
Bozorni ta'mirlash muzokaralari 2009 yildan boshlangan edi. O‘tgan vaqt mobaynida mamlakatdagi tarixiy obektlarga mas'ul kengashning qarori kutildi.
Ma'lumot uchun: Bozor qurilishi Mahmud II Fotih 1453 yilda Konstantinopolni bosib olgandan so‘ng boshlab yuborilgan.
Mavzuga oid
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
11:37 / 13.03.2026
O‘zbekiston avtomobil bozori: elektromobillarga talab oshib boryapti
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
20:34 / 09.03.2026