Jamiyat | 19:16 / 22.10.2018
11959
4 daqiqa o‘qiladi

Angren shahar maktablarida “Ona tili va adabiyoti” fan oyligi doirasida o‘zbek tili muammolari ham muhokama qilinmoqda

2018 yilning oktabr oyi davomida Angren shahar Xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “Ona tili va adabiyoti” fan oyligi tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Angren shahar Xalq ta'limi bo‘limi matbuot xizmati Kun.uzʼga ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, mazkur fan oyliklarida o‘quvchilar uchun “Til – millat quyoshi” , “Ona tilim jon-u dilim” , “Millatim faxrisan, onajon tilim” kabi mavzularda insho va rasmlar, ommaviy diktant tanlovlari, munozara, ochiq darslar, taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilyapti.

Xususan, 14 oktabr kuni 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun diktant, yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida esa insho yozish bo‘yicha ommaviy tanlovlar tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning diktant va insho yozish borasidagi savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.

Foto: Angren shahar Xalq ta'limi bo‘limi matbuot xizmati
Foto: Angren shahar Xalq ta'limi bo‘limi matbuot xizmati

“Til – millat ko‘zgusi” mavzusidagi tanlov 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar o‘zbek tili rivojiga to‘siq bo‘ladigan sabablar yuzasidan “Munozara” tanlovida bahslashdi. Bahslarda o‘quvchilar tomonidan nutqda chet tillaridan kirib kelgan so‘zlarni qo‘shib gapirish, imlo qoidalariga amal qilmaslik kabi illatlar tanqid ostiga olindi. “Munozara” musobaqalarida faol ishtirok etgan o‘quvchilarni maktab ma'muriyati o‘zbek adabiyotining taniqli yozuvchi va shoirlarining kitoblari bilan taqdirladi.

Foto: Angren shahar Xalq ta'limi bo‘limi matbuot xizmati

“Ona tili va adabiyot“ fan oyligi tadbirlari 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabida bayram dasturi sifatida o‘tkazildi. Mazkur bayram tadbirida o‘quvchilar o‘zbek tili davlat tili maqomini olishi tarixi, o‘zbek tilida ijod qilgan yozuvchi va shoirlar hayoti bo‘yicha ma'lumotlar keltirdi. Shuningdek,til hususan, o‘zbek tili borasida yozilgan sher va qo‘shiqlar o‘quvchilar tomonidan yoddan aytib berildi.

Foto: Angren shahar Xalq ta'limi bo‘limi matbuot xizmati
Foto: Angren shahar Xalq ta'limi bo‘limi matbuot xizmati

19 oktabr kuni Angren shahridagi 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabida xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli shoir, yozuvchi va jurnalistlar  ishtirok etdi. Tadbir mehmonlari o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi, shuningdek, adabiyot, ijod borasida ijodkorlar hamda o‘quvchilar o‘rtasida qizg‘in suhbat kechdi.

Foto: Angren shahar Xalq ta'limi bo‘limi matbuot xizmati

O‘tkazilayotgan shu kabi tadbirlarda o‘quvchilarga nafaqat o‘zbek tilining imkoniyatlari kengligi, uning boyligi, jozibadorligi, balki, kundalik muloqotda, tijoriy tashviqotlarda, xizmat ko‘r­satish shoxobchalarida ona tilimiz qo­lib, ajnabiy tilni qo‘llash, peshlavhalarda imlo qoidalariga amal qilmaslik, so‘zlarni buzib ishlatish va talqin etish holatlari tilning qadrini tushirib, uni asta-sekinlik bilan yo‘qolib borishiga xizmat qilishi borasida tushunchalar berilmoqda, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid