Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu yil magistraturaga qabul bir marta bo‘ladi - vazir
2023-2024 o‘quv yili magistraturasi uchun qabul 1 marta, yozda bo‘ladi. O‘tgan o‘quv yilida til sertifikatlari va yangi tizim joriy qilingani sabab magistratura uchun qabul 2 marta o‘tkazilgandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2023 yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘lishini aytdi. Vazir bu haqda yangi o‘quv yili qabul masalalariga bag‘ishlangan suhbatda ma’lum qildi.
“Bu yil magistraturaga qabul an’anaviy tarzda bir marta bo‘ladi. Parametrlarni ham tez orada tasdiqlaymiz. Hammasi oldingi o‘sha tartibda sertifikatlar bilan bo‘ladi. Biz faqat o‘tgan bir yil uchun 2 marta magistraturaga hujjat topshirishga qabul komissiyasidan ruxsat so‘rab olganmiz. O‘sha yili yangi tizim joriy qilingani va til sertifikatlari talab qilingani hisobiga shunday bo‘lgandi”, – dedi Abdurahmonov.
Ma’lumot uchun, 2022/23 o‘quv yilida magistratura uchun 2 marta — qishki va yozgi qabul o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
16:00 / 18.10.2025
Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda eskirgan tartibotlar bekor qilinadi
19:01 / 27.09.2025
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
18:43 / 23.09.2025