Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
Qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.
Foto: 123RF
Oliy ta’lim vazirligi magistratura bosqichiga qo‘shimcha qabul imkoniyatlari borligini e’lon qildi.
«2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud. Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.
Eslatilishicha, magistraturaga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga kirganlarning to‘lov-kontrakt summasi oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.
Mavzuga oid
14:12 / 24.11.2025
Oliy ta’limda kontrakt to‘lovi muddatlari yangilandi
10:51 / 24.10.2025
Tyutorlarga qo‘yiladigan talablar belgilandi
17:50 / 02.10.2025
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tash tartibi belgilandi
18:43 / 23.09.2025