Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston boks bo‘yicha 2023 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Ayni paytda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida AIBA prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati.
Xabar berilishicha, tadbirda Umar Kremlyov 2023 yilgi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tishini rasman e'lon qilgan.
Har ikki yilda o‘tadigan turnirning so‘nggisi – 2019 yilda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekiston milliy jamoasi charmqo‘lqop sohiblari 3ta oltin, bitta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida o‘z tarixida ilk marta 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Avvalroq, 2021 yilgi jahon chempionatiga Serbiya poytaxti Belgrad mezbonlik qilishi e'lon qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha 2023 yilda Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati O‘zbekiston tarixidagi dastlabki turnir bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026