20 mart kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif örtasida telefon muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, ikki davlat yetakçilari butun musulmon ummati uçun muqaddas bölgan Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr va qutluğ Navrözi olam bayramlari munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Döst Özbekiston va Pokiston xalqlariga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va davomiy ravnaq tilaklari izhor etildi.

Özbekiston prezidentining joriy yil fevral oyida Pokistonga amalga oşirgan davlat taşrifi ikki tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini yangi sifat bosqiçiga kötargani alohida ta’kidlandi.

Oliy darajadagi taşrifdan keyin vazirliklar, idoralar va hududlar darajasidagi muloqotlar yanada faollaşgani, özaro almaşinuvlar aniq natijalar bilan boyib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbat davomida tomonlar sönggi vaqtlarda Janubiy Osiyo va Yaqin Şarq mintaqasidagi keskinlikdan jiddiy taşviş bildirib, har qanday ziddiyat va muammoni faqat tinç va diplomatik vositalar orqali hal etiş zarurligiga urğu berdilar”, deyiladi xabarda.