AQŞning John Deere kompaniyasi Özbekistonda qişloq xöjaligi texnikasini işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştiryapti. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, vazir Laziz Kudratov 24 mart kuni korporatsiya vitse-prezidenti Piter Saks bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqotda milliy agrosanoat majmuasini modernizatsiya qiliş hamda qişloq xöjaligiga innovatsion yeçimlarni joriy etiş istiqbollari muhokama qilingan. Asosiy e’tibor texnikalar yetkazib beriş, servis infratuzilmasini rivojlantiriş va ilğor raqamli texnologiyalarni integratsiya qiliş masalalariga qaratilgan.


Uçraşuvda iştirokçilar mamlakatdagi sohaviy institutlar bilan aloqalarni mustahkamlaş, şuningdek, töğridan-töğri investitsiyalarni jalb etiş va respublika hududida işlab çiqarişni mahalliylaştiriş imkoniyatlarini körib çiqqan.
Muzokaralar yakunida uzoq muddatli hamkorlikka özaro qiziqiş borligi ta’kidlab ötilgan. Tomonlar Özbekiston agrar tarmoğining samaradorligi va ekologik barqarorligini oşirişga qaratilgan qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun konstruktiv muloqotni davom ettirişga tayyor ekanliklarini bildirdi.
John Deere — 1837 yilda taşkil etilgan global korporatsiya bölib, qişloq xöjaligi, quriliş va örmon xöjaligi texnikalarini işlab çiqarişda dunyodagi yetakçilardan biri hisoblanadi. Kompaniya dunyoning 170 dan ortiq mamlakatida keng distribyutorlik tarmoği hamda özining ilmiy-işlab çiqariş markazlariga tayanib faoliyat yuritadi.










