Jamiyat | 17:40 / 28.01.2018
70385
2 daqiqa o‘qiladi

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanish mumkin?

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi kanalida keltirilgan.

Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish:

- 2017 yil 1 oktabr — 2018 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat'i nazar — ular egasining yozma arizasiga ko‘ra  ixtiyoriy ravishda;

- 2019 yil 1 yanvar — 2020 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat'i nazar — majburiy tartibda; 

- avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017 — 2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich — avtomototransport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda amalga oshiriladi.

UzA Qarshiyev Aziz
Tayyorlagan UzA Qarshiyev Aziz
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid