Ma’lum qilinişiça, yöllarda örnatilgan zamonaviy foto va video kuzatuv kameralari haydovçilarning yuzini identifikatsiya qiliş texnologiyasi bilan jihozlangan. Uşbu tizim orqali transport vositasini boşqarayotgan şaxsning şaxsi aniqlanib, haydovçilik huquqidan mahrum etilgan fuqarolar tomonidan avtomobil boşqarilgan holatlar avtomatik tarzda qayd etiladi.

Ta’kidlanişiça, bu kabi texnologiyalar yöl harakati qoidalariga rioya etilişini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda yöllarda xavfsizlikni yanada kuçaytirişga xizmat qiladi.

Qonunçilikka köra, haydovçilik huquqidan mahrum etilgan holda transport vositasini boşqargan şaxslarga nisbatan birinçi marta bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qöllanadi. Agar uşbu huquqbuzarlik ikkinçi marta takrorlansa, huquqbuzarga nisbatan 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.

Mutaxassislar haydovçilarni yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga, ayniqsa, haydovçilik huquqidan mahrum etilgan holatda transport vositasini boşqarmaslikka çaqirmoqda. Zero, bu nafaqat qonunbuziliş, balki yöl harakati xavfsizligiga ham jiddiy xavf tuğdiradi.