Polşaning Tarnuv şahrida yaşovçi fuqaro haydovçilik guvohnomasi uçun nazariy imtihonni 139-urinişda topşirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

«Yaqinda tarnuvlik bir fuqaro haydovçilik guvohnomasi uçun nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topşirdi. U butun Polşa böyiça öziga xos antirekord örnatdi, çunki undan oldingi 138 uriniş muvaffaqiyatsiz yakunlangandi», — deya ma’lum qilgan Malopolska yöl harakati markazi vakili.

Uning aniqlik kiritişiça, nomzod nazariy imtihonni töqqiz yil davomida topşirişga harakat qilgan. Muaffaqiyatsizlikning asosiy sabablaridan biri sifatida u tayyorgarlik körgan materiallarning töliq bölmagani keltirilyapti.

«Bu erkak birinçi marta imtihonga 2017 yilda kelgan va keyingi töqqiz yil davomida uni muntazam qayta topşirib keldi. Aniqlanişiça, u uzoq vaqt davomida barça savollarni öz içiga olmagan testlarning demo-versiyasi asosida tayyorgarlik körgan», deya qöşimça qilgan RIA Novosti suhbatdoşi.

Haydovçilikka nomzod imtihon dasturining barça savollarni öz içiga olgan töliq versiyasiga ega bölgaç, natijalari sezilarli darajada yaxşilangan va oxir-oqibat nazariy imtihondan muvaffaqiyatli ötdi. Şundan söng u amaliy imtihonga yozilgan va tayyorgarlikni boşlagan.