O‘zbekiston | 08:21 / 27.07.2018
6684
1 daqiqa o‘qiladi

«Oz qoldi». AQSh senatori Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni va'da qildi

Foto: REUTERS

Amerikalik respublikachi senator va senatning tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi vakili Bob Korkerning ishonch bildirishicha, AQSh mamlakatda noyabr oyida kongressga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarga qadar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tasdiqlaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Korkerning ma'lum qilishicha, kongressda Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy cheklovlar bo‘yicha rejalashtirilgan eshituvlar sanksiyalarni yanada kuchaytirishga olib keladi.

«Ishonchim komilki: keyingi bir necha oy ichida nimadir qabul qilinadi», - dedi senator

Mavzuga oid