Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh Erondagi namoyishchilarga «yordam berishga tayyor» ekanini aytdi
Agar Eron rasmiylari namoyishchilarni o‘qqa tutsa, Tramp qurolli aralashuv bilan tahdid qildi.
AQSh prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, agar rasmiylar namoyishlarni qurol bilan bostirsa, Qo‘shma Shtatlar Erondagi namoyishchilarga «yordamga boradi».
«Agar Eron tinch namoyishchilarni o‘qqa tutsa va shafqatsizlarcha o‘ldirsa, bu ularning odatiy amaliyotidir, AQSh ularga yordamga boradi. Biz harakatga tayyormiz va to‘liq qurollanganmiz», deb yozdi Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida.
Butun Eron bo‘ylab besh kundan beri milliy valuta kursining keskin pasayishi va narxlarning oshishi tufayli norozilik namoyishlari davom etmoqda. 1 yanvar kuni Eron ommaviy axborot vositalari namoyishlar ishtirokchilari orasida ham, huquq-tartibot idoralari xodimlari orasida ham birinchi qurbonlar paydo bo‘lgani haqida xabar berdi. Ularning aniq soni noma’lum.
AQSh 2025 yil iyun oyida 12 kunlik Eron-Isroil urushi paytida Eron yadroviy obektlariga bir qator zarbalar berdi. 31 dekabr kuni Axios Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvda 2026 yilda Eronga yangi zarbalar berish imkoniyatini muhokama qilgani haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
19:02
Venesuela prezidenti AQSh bilan hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi
10:03
Erondagi namoyishlar vaqtida kamida olti kishi halok bo‘ldi
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
20:09 / 01.01.2026