Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp sog‘lig‘i a’lo darajada ekanini aytdi
Oq uy rahbari ketma-ket uchinchi marta kognitiv qobiliyat testidan «a’lo» bahoga o‘tganini ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp shifokorlar o‘zining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni aniqlamaganini ma’lum qildi.
«Hozir Oq uy shifokorlari sog‘lig‘im a’lo darajada ekanini aytdi. Shuningdek, ular ketma-ket uchinchi marta kognitiv qobiliyat testidan «a’lo» bahoga o‘tganimni aytdi. Bu savollarning 100 foiziga to‘g‘ri javob berganimni anglatadi», deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Shuningdek, 79 yoshli Tramp AQSh prezidentligi va vitse-prezidentligiga nomzodlarning barchasi kognitiv qobiliyat testlaridan majburiy tarzda o‘tishi zarur deb hisoblashini ta’kidladi.
«Buyuk mamlakatimizni ahmoq yoki qobiliyatsiz odamlar boshqarmasligi kerak», deb qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
O‘tgan yili Amerikaning ba’zi ommaviy axborot vositalari Trampning sog‘lig‘i yomonlashayotgani haqidagi taxminlarni e’lon qildi. Xususan, uning yig‘ilishlarda ko‘pincha ko‘zini yumib o‘tirishiga e’tibor qaratdi - bu tashqaridan qaraganda prezident mudrayotganga o‘xshardi. Bundan tashqari, jurnalistlar prezidentning shishgan oyoqlari va qo‘llaridagi krem bilan niqoblangan ko‘karishlarga e’tibor qaratdi. Shuningdek, bir qator ommaviy axborot vositalari Trampning shifokorlari uning sog‘lig‘i haqida xabar berishda yetarlicha shaffof emasligini gumon qildi.
Shu bilan birga, bir kun avval Tramp The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida har kuni aspirin dozasini shifokorlar tavsiya qilganidan ko‘proq qabul qilayotganini aytib, qo‘llarida ko‘karishlar paydo bo‘lishini shu bilan izohlagan edi. Uning fikriga ko‘ra, aspirinning yuqori dozasi qonni suyultiradi va shu tufayli ko‘p yillardan buyon uni qabul qiladi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026