Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron ishonchnomani masofadan bekor qilish imkoni yaratildi
Avtomobil boshqarish uchun my.gov.uz portali orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni shu portal orqali muddatidan oldin bekor qilish xizmati ishga tushdi.
Foto: my.gov.uz
My.gov.uz portalida “Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga taqdim qilingan elektron ishonchnomani bekor qilish” xizmati ishga tushirildi.
Portalning rasmiy kanalida ma’lum qilinishicha, endi mulkdorlar avtotransport boshqaruvi uchun rasmiylashtirgan elektron ishonchnomani masofadan turib bekor qilish imkoniyatiga ham ega.
Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalidan olingan ishonchnomaning seriyasi va raqamini kiritish kifoya. Xizmat uchun haq olinmaydi.
Bu xizmat orqali faqat my.gov.uz portalida rasmiylashtirilgan elektron ishonchnomalarni bekor qilish mumkin. Notariusda rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni muddatidan oldin bekor qilish uchun notarial idoraga murojaat qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avtomobil uchun QR-kodli elektron ishonchnoma rasmiylashtirish o‘tgan yili sentabrdan yo‘lga qo‘yilgan edi. Bunda undiriladigan davlat boji – ishonchnoma 1 oygacha muddatga tuzilganda 99 ming so‘m, 6 oygacha muddatga tuzilganda 495 ming, 3 yilgacha muddatga tuzilganda 990 ming so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, 2019 yildan boshlab yaqin qarindoshlarning avtomobilini boshqarish uchun ishonchnoma rasmiylashtirish shart emas deb belgilangan. Biroq, avtomobilni boshqaruvchi shaxs yaqin qarindosh bo‘lgan taqdirda ham u majburiy sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi yoki sug‘urta avtomobilni cheklanmagan shaxslar boshqarishini ko‘zda tutgan holda tuzilishi zarur.
2023 yilgi davlat dasturiga asosan, yil oxiriga qadar my.gov.uz portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 370 dan 570 taga ko‘paytirilishi kerak.
Mavzuga oid
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
15:11 / 29.12.2025
Kun.uz surishtiruvlaridan so‘ng: avtomobilni chet elga olib chiqish tartibi o‘zgardi
18:18 / 26.12.2025
Elektron ishonchnomalarni Vakolat.uz platformasi orqali rasmiylashtirish tartibi belgilandi
19:11 / 16.12.2025