Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron ishonchnomani rasmiylashtirish narxi ma’lum qilindi
Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi belgilangan. 6 oydan ortiq muddatga beriladigan ishonchnomalar uchun davlat boji – 3 BHM – 900 ming so‘m.
1 sentabrdan boshlab avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni my.gov.uz orqali ham, masofadan ham qulay narxda rasmiylashtirish mumkin.
Haydovchilar ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurmaydi, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda ham turmaydi. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.
Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.
Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.
Bunda davlat boji:
- 1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 foiz (90 ming so‘m);
- 6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 foiz (450 ming so‘m);
- 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 foiz (900 ming so‘m) miqdorida undiriladi.
Bundan oldin 1 sentabrdan fuqarolar va yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar o‘rtasidagi transport ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talab qilinmasligi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:35 / 06.01.2026
Ijara xizmatlarining yarmiga yaqini avtomobil ijarasi hissasiga to‘g‘ri keldi
15:11 / 29.12.2025
Kun.uz surishtiruvlaridan so‘ng: avtomobilni chet elga olib chiqish tartibi o‘zgardi
18:18 / 26.12.2025
Elektron ishonchnomalarni Vakolat.uz platformasi orqali rasmiylashtirish tartibi belgilandi
18:37 / 09.09.2025