Endilikda avtomobilni boşqariş uçun berilgan işonçnomada uni çet davlatga olib çiqiş bilan boğliq band böladi. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi qarori bilan hukumatning 2006 yil 7 martdagi “Avtomototransport vositalarini sotib oliş, ulardan foydalaniş va ularni boşqa şaxsga berişni tartibga solişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Qaror bilan “Avtomototransport vositalari bilan boğliq bitimlarni rasmiylaştiriş tartibi töğrisida”gi nizom 10-1-band bilan töldirilgan. Unga köra, avtomototransport vositalaridan foydalaniş va (yoki) ularni tasarruf etiş işonçnomalarida işonçnoma berilgan şaxsda transport vositasini çet elga olib çiqiş huquqi mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi yozuv alohida körsatilişi şart.

Bu özgariş sönggi paytlarda Özbekistondan maşinalar çet elga olib çiqilib, sotib yuborilişi bilan boğliq holatlari köpaygani fonida amalga oşirildi. Uşbu huquqiy böşliq firibgarlarga imkon yaratib berayotgan edi.

Kun.uz maşinalar işonçnoma asosida çet davlatga olib çiqilib, sotib yuborilayotgani yuzasidan bir neçta suriştiruv e’lon qilgan. Jumladan, ötgan yil oxirida Abdulla Abdurasulov ismli şaxs tomonidan köplab odamlar çuv tuşirilib, maşinalari Qozoğistonga ötkazilib sotib yuborilgani aniqlangandi. Yaqinda esa şu kabi holat yana takrorlandi: bu safar bir guruh şaxslar odamlarni aldagan holda ularga tegişli avtomobillarni Tojikiston hududiga ötkazib, pullab yubordi.

Oldinroq Bojxona qömitasi pul evaziga maşinalarni Tojikistonga ötkazib bergan şaxslarni foş qilgandi. Unda 8 nafar şaxs jami 59 ta maşinani haydab, çegara bojxona postlari orqali Tojikistonga ötkazib bergani bildirilgan.