Texnologiya | 23:08 / 01.01.2017
7198
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: iPad likopcha sifatida ishlatildi

Foto: Yelp

San-Frantsiskoda joylashgan, uchta Mishlen yulduziga ega bo‘lgan Quince restorani dasturxonni tuzash elementi sifatida aypaddan foydalanmoqda. Bu haqda Gizmodo ma'lum qildi.

Tryufel qo‘ziqorinli "It oltin qidirib" ("A Dog in Search of Gold") taomi qo‘lda yasalgan maxsus qutichada tortiq qilinadi. Qutichaning tagi shaffof bo‘lib, uning ostida tryufellarni it yordamida qidirish tasvirlangan video namoyish qilinadigan aypad joylashgan.

Taom 220 dollar turadi. Restoran oshpazining aytishicha, u 20 yil davomida San-Frantsiskoda texnologik taraqqiyotni kuzatgan va gastronomiyani texnologiyalar bilan birlashtirishga qaror qilgan. Uning konsepsiyasida ta'lim elementi ham mavjud, chunki restoranning hamma mehmonlari ham tryufellarni it yordamida terish mumkinligini bilmaydilar.  

Quince dasturxonni bezash uchun iPad’dan foydalanuvchi yagona restoran emas. 2015 yilda ovqatni hech qanday himoya sirtiga ega bo‘lmagan gadjyetlarda tortadigan restoran haqida ma'lum qilgandi.

 

Mavzuga oid