Apple kompaniyasi Kaliforniyaning Kupertino şahrida joylaşgan Stiv Jobs nomidagi teatrda yangi mahsulotlari taqdimotini ötkazdi. Pandemiya sababli mehmonlarsiz ötgan tadbir onlayn tarzda kompaniya rasmiy saytida namoyiş etib borildi.
Bu galgi taqdimotning avvalgilaridan farqi – bu safar Apple ilk marta kuzgi taqdimotida yangi iPhone'ni namoyiş etmadi. Kompaniya rahbari Tim Kuk buni jamoa Apple Watch soati va iPad'ga köproq diqqat qaratgani bilan izohladi.
Ammo qator tahlilçilar iPhone 12 oktabr oyida ommaga taqdim etilişi mumkinligini aytmoqda.
15 sentyabrdagi taqdimotda esa asosiy urğu Apple aqlli soatlarining 6-avlodiga qaratildi.
Apple Watch Series 6 — $399

Aqlli soatga iPhone 11 protsessori örnatilgan. Displeyi avvalgi versiyadan köra biroz kattaroq. Suvga çidamli.
Qurilma öz egasini COVID-19'dan himoyalaşga harakat qiladi: foydalanuvçi qölini qançalik tez-tez yuvayotganini kuzatib boradi, qölni yuviş jarayoni neça soniya davom etayotganini hisoblaydi.
Apple'ning 6-seriyadagi soatlari orqali qondagi kislorod miqdorini ölçab turiş ham mumkin. Buning uçun 15 soniya kifoya.

Şuningdek, qurilma orqali qonni kislorodga töyintirişning yurak va öpka kasalliklariga qarşi kuraşdagi ta'siriga bağişlangan tadqiqotlarda iştirok etiş mumkin.

Yangi mahsulotni bugundanoq buyurtma qiliş mumkin. Soatlar qutisida endi USB-quvvatlaş qurilmasi bölmaydi.
Apple Watch SE — $279
Aqlli soatlarning arzonroq varianti sifatida taqdim etildi.
Taqdimotda aytilişiça, yangi soat Apple Watch'ning barça asosiy funksiyalariga ega.
















