O‘zbekiston | 08:59 / 28.04.2026
6296
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Bank bosh yuriskonsulti garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan mulklarning auksion savdolariga chiqarilishini 5-6 oyga cho‘zib turish evaziga Namangan shahridagi xususiy klinika rahbaridan 3 ming dollar talab qilgan. U so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlangan.

Foto: Videodan kadr

Namanganda bank bosh yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Namangan shahridagi xususiy tibbiy klinikalardan biri bankdan 2021 yilda olgan 16,2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lay olmagan. Bank xodimi ushbu vaziyatdan foydalanib, shaxsiy boylik orttirmoqchi bo‘lgan. U garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan mulklarning auksion savdolariga chiqarilishini 5-6 oyga cho‘zib turish va keyinchalik ularni klinikaga qaytarib berish masalasini ijobiy hal etish evaziga 3 ming dollar talab qilgan.

Bosh yuriskonsult klinika rahbaridan so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda bank xodimi 10 ming dollar pora bilan ushlangandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid