«Kadrlar masalasi hal qilinmasa, mashinalarni ko‘paytirishdan foyda yo‘q» – tez yordam shifokori
Pandemiya tibbiyotga, xususan tez yordam tizimiga yuklamani bir necha karra oshirib yubordi. Sog‘liqni saqlash tizimi murakkab vaziyatdan chiqish uchun turli choralar ko‘rmoqda. Ammo shunga qaramay yechimini kutayotgan muammolar ham ko‘payib boryapti.

Har kuni real vaziyatga bevosita duch keluvchi, epidemiologik tashuv xizmati shifokori Elmurod Temirov bilan navbatdagi suhbatimiz ana shunday muammolar haqida kechdi.
– Elmurod, oxirgi suhbatimizda yuklamaning keskin oshgani, brigadalar yetishmayotgani haqida fikr yuritgandik. Undan keyin qator mutasaddilar tezkorlik oshirilishi, xususan maxsus avtomobillar ko‘paytirilishi haqida ma'lum qildilar.
– Albatta, mutasaddilarimizning e'tibori yaxshi. Maxsus avtomobillar ham kela boshladi. Ammo quruq avtomobil hech narsa qila olmaydi, eng asosiy muammo bu – mutaxassislar.
O‘zi azaldan asabbuzarlik ko‘p bo‘lgani uchun bu sohaga shifokorlar kelishni istashmas, kadrlar tanqisligi sezilib turardi. Pandemiya vaziyatni battar chuqurlashtirib yubordi.
Statistikaga qarang – poytaxtda 300 nafardan ortiq (raqamlarda qisman adashishim mumkin) asosiy ishchilar bo‘lsa, 400 nafar o‘rindosh vrachimiz ishlaydi. O‘rindosh vrachlar kimlar – ko‘pchiligi klinik ordinatorlar va magistratura talabalari. Lekin ularning ko‘pchiligi o‘z viloyatlariga ketishgan. Bu ham kadrlar yetishmovchiligigiga ta'sir qilyapti. Kadrlar yetishmovchiligi faqat tez yordamda emas, hamma joyda kuzatilyapti.
– Xo‘sh, unday bo‘lsa qanday qilib ishlayapsizlar?
– Feldsher alohida, shifokor alohida bo‘lib ishlashga ham to‘g‘ri kelyapti. Xodimlar kamligining yana bir sababi – ko‘pgina vrach, feldsherlar kasallikka chalingan. Mening fikrimcha, bu taxminan 30 foizlarni tashkil kiladi. To‘g‘ri, hammaning aynan koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanmagan. Test topshirish muammoligi uchun hamma o‘zicha uyida davolanib yuribdi. Oldin aytganimday, tibbiyot xodimi bo‘lishimizga, har kuni shu kasallik bilan to‘qnash kelayotganimizga qaramay pandemiya boshlangandan buyon faqat bir martagina test olishgan.
– Yaqinda tez tibbiy yordam xodimlarini alohida rag‘batlantirish tizimi haqida e'lon qilindi. Endi maoshlaringiz yaxshi bo‘lsa kerak?
– Noliyverarkan, demang-u, bu yerda ham savollar ko‘p. Qaysidir ma'noda ana shu oylik rag‘batlantirish yo‘qligi uchun, ba'zi xodimlar o‘zining hayotini xavfga qo‘ymayman deb ishdan bo‘shab ketgan yoki o‘z hisobidan ta'tilga chiqib ketgan. O‘zim «epidperevozka»da ishlayman. Bizga 6 foizli rag‘batlantirish aprel, may oylari uchun berildi xolos, keyin bo‘lsa yo‘q. Yangi rejaga ko‘ra vrachlariga 2,5 mln, feldsherlarga 1,5 mln so‘m to‘lanarkan. Endi shuni kutib qolamiz, yana bu ham o‘lda-jo‘lda bo‘lmasa...
Savol shuki, ba'zi xodimlar bir oyda 6 marta, boshqalari esa 10 va undan ko‘proq marta navbatchilik qilishadi. Endi kam va ko‘p ishlaganga bir xil haq to‘lanadimi? Mana shu masalaga oydinlik kiritilmagan.
– Chaqiriqlarda sizlarni yana qanday muammolar qiynaydi?
– Avtomobillarning yo‘l bermasliklari, shifokorlarga qo‘polliklar haqida ko‘p gapirilgan. Ammo menimcha tez tibbiy yordamni eng asosiy muammolardan yana biri bu asossiz chaqiriqlar. Kimdir tishim og‘riyapti deb, yana kimdir bitta ukol qilib qo‘ying, deb chaqiradi.
O‘zim duch kelmaganman-u, lekin yoshi katta hamkasblarimizning aytishicha, er-xotin urishganda ham tez yordamni chaqirib olganlar bo‘lgan. Ana shu paytda qaysidir bemor vujudi hayot uchun kurashayotganini, arzimas sabab bilan band bo‘lib qolgan brigada u joyga yetib bora olmay qolishi mumkinligini esa hisobga olmaydi.
Abror Zohidov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafotlar keltirdi
Jahon | 14:22
-
Trampni qo‘llagan badavlat amerikaliklar ham endi undan darg‘azab
Jahon | 14:11
-
Yaponiya O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi qurishni rejalashtiryapti
Iqtisodiyot | 14:08
-
G‘azoda istehkomlar qurayotgan Isroil, Ukrainada yangi hududlarga hujum boshlagan Rossiya va Xitoyga 125 foizli boj joriy etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

15:21 / 29.03.2025
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda

08:09 / 26.03.2025
Rossiya ommaviy tarzda KXDRdan shifokorlarni stajirovkaga qabul qilmoqda

14:50 / 20.02.2025