Sirdaryo viloyatida şifokor bemor ayolning öğli tomonidan kaltaklandi. Kun.uz holatga oydinlik kiritdi.

Ma’lum bölişiça, voqea 8 noyabrdan 9 noyabrga ötar keçasi Mirzaobod tumanida joylaşgan Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida sodir bölgan. 1982 yilda tuğilgan, Guliston şahrida yaşovçi D.A. turmuş örtoği va öğli tomonidan şifoxonaga olib kelingan. Navbatçi şifokor ovqatdan zaharlaniş taşxisi bilan kelgan ayolning qölidan tutib, ötirişiga kömaklaşgan. Söngra oğriq bor yoki yöqligini tekşiriş maqsadida ayolning qorin sohasidan qöli bilan bosib körgan.

Bemor ayolning öğli şifokorning bu harakatidan ğazablanib, uni kaltaklay boşlagan. Janjalga “Nega qölingni tekkizding?”, deya ayolning turmuş örtoği ham qöşilgan. Kaltaklangan şifokor yigit jarohatlanib, qonga belangan holda şifoxonaga olib ketilgan. Öşa tunda navbatçi bölgan bölim bekasi holat yuzasidan IIBga xabar bergan. Voqea joyiga yetib kelgan IIB xodimlari tomonlarni yaraştiriş bilan çeklangan.

Kun.uz voqea guvohi bölgan bölim bekasi Zubayda Yöldoşevna bilan boğlandi. Uning aytişiça, ayolning turmuş örtoği şifokorga öldirib yuboriş bilan tahdid qilgan.

“Şifokorni ayolning öğli kaltakladi, eri esa öldirib yuboriş bilan tahdid qildi. Qolaversa, hamşiralarni, meni ham haqoratladi. Janjalda turmuş örtoğini taşqariga çiqarib, eşikni yopib qöydim. IIB xodimlariga xabar berdik. Keça IIBda menga nisbatan qöpol munosabatda bölib, “Nega xabar berasan ovora qilib, ölganda xabar qilsang bölardi-ku” deyişdi. Bilmadim, janjal bölganda IIBga xabar berib xato qilibman şekilli”, deydi bölim bekasi.

Kaltaklangan şifokor va haqoratlanganlar IIBga ota va öğilga nisbatan da’vosi yöqligini bildirişgan. Hozirça rasmiy idoralar holat böyiça munosabat bildirmadi.