Iştixonda ikki bola xatna qilinganidan keyin vafot etdi. Ularning ikkisi ham soğlom holda tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelinib, sunnat qilingan, lekin tegişli tartiblar qöpol ravişda buzilgan: bolalardan na tahlil olingan, na biror joyda bu amaliyotlar qayd etilgan. E’tiborlisi, jarrohlardan biri bolaning ölimidan keyin yuqoriroq mansabga kötarilib ketgan.
Kun.uz muxbiri Iştixonda bölib, voqea tafsilotlarini örgandi.
Ma’lum bölişiça, 2026 yil 22 mart kuni beş yoşli Elxan Tursunov tuman tibbiyot birlaşmasida xatna qilingan. Oradan bir kun ötib, bolaning ahvoli yomonlaşgan. Kesilgan joydan qon ketiş boşlangan.
Şundan söng Elyor Rajabov öğlini şifoxonaga olib borgan. Bolani xatna qilgan jarroh Aziz Xudoyberdiyev bilan telefon orqali boğlanişganida, u işda emasligi sabab bemor bolani hamkasbi Javlon Meliyevga körsatişlarini aytgan.
“Javlon Meliyev öğlimni olib kirib, taxminan 20 daqiqa davomida tibbiy yordam körsatdi. Operatsiya qilingan joyni boğlab qöydi va bizga hammasi yaxşi ekanini, xavotir olmasligimizni aytdi. Lekin keçga borib öğlimning issiği kötarilib ketdi”, deydi Rajabov.
Bolaning ota-onasi bu kunlar davomida operatsiya qilgan şifokor bilan telefon orqali boğlanib turişgan va tavsiyalarini bajarişgan. Ammo bolada özgariş bölmagan, aksinça ahvoli yomonlaşib boravergan.
“27 mart kuni jarroh Xudoyberdiyevni uyga çaqirtirdik. U bolaning holatini körib: “Şamollatib qöyibsizlar, ötib ketadi”, dedi. Öşa paytda holatga guvoh bölib turgan hududiy hamşiramiz e’tiroz qildi, bolaning ahvoli yomonlaşayotganini aytdi. Şundan söng öğlimni yana şifoxonaga olib bordik. Uni jonlantiriş bölimiga olib kirişdi, taxminan yarim soatlardan söng joni uzilganini aytişdi”, deydi bolaning otasi.
Şifokorlardan izoh oliş uçun Iştixon tuman tibbiyot birlaşmasida böldik. Elxan ertasi kuni şifoxonaga olib borilgan vaqtda unga tibbiy yordam körsatgan Javlon Meliyevning aytişiça, hamkasbi Aziz Xudoyberdiyev undan bir kun avval xatna qilingan bolaga tibbiy yordam körsatişni söragan.
Meliyev eski qon izlarini tozalab, bir muddat kuzatib turgani, keyin örnini boğlab qöyganini bildirdi. Jarroh bolada alohida nojöya holatlarni körmagani uçun uyiga javob bergani, keçqurun boğlangan bintni olib taşlaş kerakligini tavsiya qilganini aytdi.








