O‘zbekiston | 19:15 / 07.08.2017
7039
3 daqiqa o‘qiladi

Davergeodezkadastrning nizomi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 529-son qarori bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi hamda Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Davergeodezkadastr xodimlariga ustama beriladi.

Davergeodezkadastr to‘g‘risidagi nizomda idoraning yangilangan vazifalari, asosiy funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi mustahkamlangan.

Lavozimga tayinlash va undan ozod etish tartibi belgilandi:

•  Davergeodezkadastr raisi – Bosh vazir taqdimiga binoan Prezident tomonidan;
•  raisning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari – Prezident tomonidan;
•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda rais tomonidan;
•  tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari boshliqlari — Davergeodezkadastr bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari tomonidan;
•  Davergeodezkadastr tizimiga kiruvchi tashkilotlarning boshliqlari — davlat qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat qo‘mitasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va ustamalar, rag‘batlantirish to‘lovlari, shuningdek qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlaridan iborat bo‘ladi. Masalan, ularga uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun har oyda ustamalar to‘lanadi. Ular faqat asosiy ish joyi bo‘yicha va xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Uzoq muddat ishlaganlik uchun ustamaning quyidagi miqdorlari belgilandi:

•  3 yildan 5 yilgacha – 20%;
•  5 yildan 10 yilgacha – 35%;
•  10 yildan 15 yilgacha – 50%;
•  15 yildan va undan ortiq  - 60%.

Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi nimaga yo‘naltirilgan  

Eslatib o‘tamiz, Jamg‘arma Prezidentning 31.05.2017 yildagi PQ-3024-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Jamg‘armani shakllantirish manbalari va uning mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish yo‘nalishlari belgilandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid