Hukumatning 2026 yil 16 martdagi 106-son qarori bilan “Özbekiston milliy tabiiy meros obektlari töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, milliy tabiiy meros obektlarining maqomi, turlari, ularning röyxatini şakllantiriş hamda hududlarida quriliş işlarini amalga oşiriş tartibi belgilandi. Uşbu sohada vakolatli organ sifatida Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi belgilangan.

Qayd etilişiça, milliy tabiiy meros obektlari biologik, geologik, gidrologik va paleontologik turlarga ajratiladi.

Tabiiy obektni milliy meros röyxatiga kiritiş uçun takliflar vakolatli organning hududiy bölinmalariga taqdim etiladi. Taklifga obekt haqida ma’lumotnoma, uning geolokatsiyasi hamda foto va video materiallar ilova qilinişi lozim.

Taqdim etilgan taklif 15 iş kuni içida körib çiqiladi. Hududiy bölinma tomonidan obekt joyiga çiqqan holda örganilib, natijalari böyiça dalolatnoma rasmiylaştiriladi.

Şundan söng, vakolatli organ hujjatlarni 5 iş kuni içida körib çiqib, tabiiy obektni rasmiy röyxatga kiritiş töğrisida qaror qabul qiladi.

Mazkur tartib mamlakatda tabiiy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalanişni ta’minlaşga xizmat qiladi.