Jahon | 14:20 / 04.04.2018
4612
2 daqiqa o‘qiladi

FXX o‘tgan yil Rossiyada 29 teraktdan 25tasining oldini oldi

Foto: RIA "Novosti"

2017 yilda Rossiyada yigirma beshta teraktning oldi olindi, to‘rt terrorchi buni sodir etishning uddasidan chiqqan. Bu haqda RF Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov ma'lum qildi.

"Faqatgina o‘tgan yili Rossiyada 25ta teraktning oldi olindi, to‘rttasi sodir bo‘ldi", - deya aytib o‘tdi u Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasida.

Rossiya FXX IShID va “Al-Qoida” bir tuzilmaga birlashishi mumkinligini istisno etmayapti. "IShID va “Al-Qoida” yangilangan terrorchilik tarmog‘i ko‘rinishida birlashishi mumkin", - deya aytib o‘tgan Bortnikov.

Shuningdek uning so‘zlariga ko‘ra, rus maxsus xizmatlari AQSh va Turkiyadan olingan ma'lumotlar tufayli yangi yil bayramlarida ikkita teraktning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan. 

"Yaxshi bilasizki, o‘tgan yili AQSh Rossiyani Sankt-Peterburgda yangi yil bayramlari paytida terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida o‘z vaqtida ogohlantirdi. O‘shanda turk hamkorlardan olingan ma'lumot tufayli yana bir hujumning oldi olingandi", - degan u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid