Ta’lim | 08:38 / 15.07.2025
4817
2 daqiqa o‘qiladi

Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

Foto: mpe.uz

"Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

  • maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik jihozlash talablari;
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini moddiy-texnik jihozlash talablari;
  • maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini moddiy-texnik jihozlash talablari tasdiqlanadi.

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini moddiy-texnik jihozlash talablari:

  • maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini (keyingi o‘rinda – ta’lim muassasalari) moddiy-texnik jihozlash bo‘yicha me’yorlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi;
  • nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, ularni moddiy-texnik jihozlash litsenziya talablari va shartlari asosida amalga oshiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025 yil 1 dekabrga qadar maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash me’yorlarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘ini qabul qiladi va belgilangan tartibda tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan kelishadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’lim muassasalarini yangidan tasdiqlangan me’yorlar asosida bosqichma-bosqich jihozlash choralarini ko‘radi.

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga:

xalqaro tajribalar asosida ta’lim muassasalaridagi moddiy-texnik jihozlardan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish;
ta’lim muassasalaridagi moddiy-texnik jihozlardan foydalanishda jahon ilm-fanining ilg‘or yutuqlari va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga doir uslubiy tavsiyalar, ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish tavsiya etiladi.

Mavzuga oid