O‘zbekiston | 09:33 / 31.12.2025
966
1 daqiqa o‘qiladi

Har yili 600 nafar chet ellik “til egasi” bo‘lgan mutaxassis ta’limga jalb etiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish doirasida ta’lim tashkilotlariga har yili 600 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish rejalashtirilgan. Bu tashabbus o‘qitish sifati va til muhitini kuchaytirishga qaratilgan.

Strategiya loyihasiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tizimida ta’lim sifati va o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim tashkilotlariga har yili 600 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish ko‘zda tutilmoqda.

Loyihada shuningdek, o‘quv-metodik ta’minotni yangilash ham nazarda tutilgan: 1 000 ta nomdagi yangi avlod darslik majmualarini (darslik, mashq daftari, pedagoglar uchun metodik qo‘llanmalar) chop etish, hamda yangi darsliklar asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy etilgan baholash tizimiga o‘xshash mexanizmlar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ulushini 100 foizga yetkazish maqsadi ham qayd etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid