2026 yil 1 apreldan boşlab pedagogik va tibbiyot xodimlarining iş haqi 100 foizga oşiriladi. Bu haqda Xalq qurultoyida davlat rahbari Sadir Japarov ma’lum qildi.

«Öqituvçi millat kelajagini şakllantiradi, şifokor esa insonning soğligi va hayotini asraydi. Biroq bugun biz ularga nisbatan qöpol munosabat, hurmatsizlik, hatto zöravonlik holatlariga ham duç kelmoqdamiz. Bu madaniyatsizlikning eng yuqori darajasidir. Biz uşbu ikki muqaddas kasb egalariga munosib obro‘-e’tibor va jamiyatdagi yuksak maqomini qaytarişimiz şart. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati, har bir oila — barçamiz öqituvçi va şifokor nufuzini mustahkamlaşga majburmiz. Farzandlarimizni öqitayotgan va bizni davolayotgan insonlarga yetarli hurmat bölmagunça, çinakam madaniyatli va rivojlangan mamlakat böla olmaymiz», — deya ta’kidlagan Japarov.

Qirğiziston prezidentining qöşimça qilişiça, hozirda qirğiz pedagoglarining örtaça iş haqi 26 ming somni (3,6 mln söm) taşkil etadi. 2026 yil 1 aprelidan keyin bu körsatkiç qariyb 52 ming som (7,2 mln söm) böladi. Öqituvçilarning maoşi ta’lim darajasi, pedagogik staj, malaka toifasi, hududiy joylaşuv, öqitiladigan fan va haftalik dars yuklamasiga qarab belgilanadi.

«Masalan, şahar umumta’lim maktabida pedagogik stajsiz, örta maxsus pedagogik ma’lumotga ega yoş öqituvçining iş haqi 1 apreldan 36 ming 800 somni taşkil etadi, soliq va ijtimoiy ajratmalardan söng qöliga taxminan 31 ming 200 som oladi.

Tuman koeffitsiyenti 1,8 bölgan olis toğli hududda yaşab işlayotgan, 30 yildan ortiq pedagogik stajga ega matematika fani öqituvçisining hozirgi maoşi 65 ming 800 som bölsa, kelasi yil 1 apreldan 97 ming 600 somga yetadi», — degan u.

Sadir Japarovning sözlariga köra, hozirda şifokorlarning örtaça iş haqi 31 ming 500 som (4,3 mln söm)ni taşkil etadi, 1 apreldan esa 62 ming 500 somga (8,6 mln söm) yetadi, soliq va boşqa yiğimlardan söng ularning qöllariga tegadigan pul 50 ming som atrofida böladi.

Ma’lumot uçun, 2025 yilning 1 oktyabr holatiga Özbekistonda ta’lim sohasidagi örtaça maoşlar 4 mln 188 ming sömni, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida 3 mln 765 ming sömni taşkil etgan.