O‘zbekiston | 12:40 / 09.09.2018
110164
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tiladi

2018 yilning 10 sentabridan mobil va simli aloqa tizimlariga 9 xonali raqamlash tartibi kiritiladi. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, dushanba kunidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangicha raqamlash tartibi joriy etiladi.

1 oktabrdan boshlab, Toshkent va Toshkent viloyati abonentlari uchun faqatgina 9 xonali telefon raqamlari amal qiladi.

Endi shaharlararo aloqa uchun 8 (0) orqali chiqish endi tarixda qolmoqda, butun O‘zbekiston hududi  yagona tarifikatsiya va nomer tizimiga aylanmoqda.

O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida 9 xonali telefon raqamli tizimga o‘tish alohida jadval bo‘yicha amalga oshiriladi va bu haqda qo‘shimcha tarzda ma'lum qilinadi. Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, ushbu jarayon 2018 yil oxirigacha yakunlanadi.

Raqamlar noto‘g‘ri terilganda, bu haqda ogohlantiruvchi ovozli xabar tizimi yo‘lga qo‘yiladi (Hurmatli abonent, 9 xonali telefon raqamli tizimga o‘tish munosabati bilan, abonent raqamini operator kodi bilan terishingizni so‘raymiz). Bundan tashqari, qisqa 1192 raqami orqali tunu kun abonentlarni texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati faoliyat ko‘rsatadi.

9 xonali raqam terish tartibi

1. 9 xonali raqam terish:

«UMS» MChJ abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 97, 92 operator kodi)

«Unitel» MChJ (Beeline) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 90, 91 operator kodi)

«Coscom» MChJ (Ucell) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 93, 94 operator kodi)

UzMobile abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 95, 99 operator kodi)

«RWC» MChJ (Perfectum) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 98 operator kodi)

«O‘zbektelekom» AK simli aloqa abonentlari raqamlarini terish - BC XXXXXXX (bunda BC –70, 71, 72, 73, 74, 75, 79, 61, 62, 65, 66, 67, 69 geografik kodi)

Alternativ simli aloqa abonentlari raqamlarini terish - BC XXXXXXX (bunda BC – 78 operator kodi)

Masalan, ilgari 0 597 100-00-00 terilgan bo‘lsa, endilikda 97-100-00-00 teriladi.
 
2. Quyidagi shaharlararo raqam terish tartibi bekor qilinadi:

0 ABC XXXXXXX (bunda ABC – geografik kod yoki operator kodi)
Masalan, 0 371 123-45-67
 
3. Xalqaro raqam terish tartibi qoladi:

O‘zR raqamini terish - 00 998 BC XXXXXXX / +998 BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)
 
4. «O‘zbektelekom» AKning simli tarmoqlari 9 xonali raqam terish tartibiga to‘laligicha o‘tkunga qadar 7 xonali abonent raqamlarini terish tartibi saqlanib qoladi

Toshkent shahar va Toshkent viloyati 30 sentabrga qadar to‘liq o‘tadi, qolgan hududlar bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.

5. Turli xil pereadresatsiyalarni o‘rnatish:

xalqaro formatda +998 BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)

9 xonali formatda BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)

6. SMS yuborish tartibi:

xalqaro formatda +998 BC XXXXXXX (bunda BC – operator kodi)

9 xonali formatda BC XXXXXXX (bunda BC – operator kodi)

Telefon raqami qaysi operatorga yoki viloyatga tegishli ekanligini www.rtmc.uz saytiga kirib, «Interaktiv xizmatlar» bo‘limidan, shuningdek, @uztbmbot telegram-boti yordamida aniqlash mumkin.

Mavzuga oid