Özbekistonda faoliyat yuritayotgan telekommunikatsiya operatorlariga tajriba tariqasida 2030 yilgaça xalqaro internet kanallarga ulanişga ruxsat berildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 18 sentabrdagi «Telekommunikatsiya bozorini bosqiçma-bosqiç liberallaştiriş va raqobat muhitini şakllantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida (.pdf) nazarda tutilgan.
Hujjatga köra, mamlakatda mobil yoki simli tarmoqlarga ega bölgan, biroq xalqaro internet tarmoqlariga töğridan-töğri ulaniş huquqiga ega bölmagan telekommunikatsiya operatorlariga 2030 yil 1 yanvarga qadar tajriba tariqasida şunday huquq beriladi.
Ulanişni muvofiqlaştiriş uçun mas’ul organ — Raqamli texnologiyalar vazirligi, işçi organ — «Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş markazi» DUK etib belgilandi.
Hujjat Jahon savdo taşkiloti (JST) talablarini hisobga olgan holda, şuningdek, axborot va milliy xavfsizlikni ta’minlaşda telekommunikatsiya kompaniyalarining investitsiyaviy faolligini rağbatlantiriş va xalqaro internet tarmoqlariga ulaniş tartibini takomillaştirişga qaratilgan.
Hukumat, şuningdek, xalqaro internet tarmoqlariga ulaniş huquqini olişni istagan telekommunikatsiya operatorlari uçun vaqtinçalik talablar va şartlarni tasdiqladi. Jumladan, ulanişni Xalqaro internet tarmoqlariga ulaniş markazlari (XITUM) orqali amalga oşiriş, mamlakat hududining kamida 50 foizini qamrab olgan magistral optik tolali tarmoqlarga, şuningdek, öz telekommunikatsiya infratuzilmasiga ega böliş.
Bugungi kunda deyarli barça provayderlar «Özbektelekom» kompaniyasining Xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali internetga ulaniş imkoniyatiga ega. Şuningdek, internetga ulaniş xizmati (ulgurji darajada) ham «Özbektelekom» ixtiyorida qolmoqda.












