Kompaniya bayonotida qayd etilişiça, Humans 2020 yildan buyon öz mobil infratuzilmasiga sarmoya kiritmagan holda, «Özbektelekom» tarmoği orqali mobil aloqa xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.

«Özbektelekom» iste’molçilarning huquqlari buzilmasligi uçun xizmat körsatişni töxtatmagan, garçi Humans xizmatlar uçun tölovlarni keçiktirgan bölsa-da. Biroq mavjud vaziyat kompaniyaga iqtisodiy zarar yetkazayotgani sababli, biz sudga murojaat qilişga majbur böldik», – deyiladi rasmiy bayonotda.

Ma’lumot uçun, joriy yil 8 may kuni Toşkent şahar iqtisodiy sudi «Özbektelekom» AJ da’vosi böyiça Humans kompaniyasiga nisbatan qarzdorlik yuzasidan qaror çiqargan.

Şu bilan birga, «Özbektelekom» ba’zi ommaviy axborot vositalarida kompaniyaning bozordagi ustun mavqeidan foydalanib, Humans’ga bosim ötkazayotgani haqida tarqalgan ma’lumotlarni rad etdi.

«Heç qanday monopol holat yöq. Humans boşqa operatorlar – Ucell, Beeline, Mobi.uz bilan ham şartnoma tuzib, ularning infratuzilmasidan foydalanişi mumkin. Qonun heç qaysi operatorga boğliqlikni majbur etmaydi», – deyiladi bayonotda.

Kompaniya ma’lum qilişiça, oxirgi yillarda «Özbektelekom» tomonidan internet xizmatlarini ommaviy va arzon qiliş böyiça jiddiy işlar amalga oşirilgan. Xususan, 2017–2024 yillar oraliğida xalqaro internet kanallarining 1 Mbit/s narxi 40 barobarga arzonlaştirilgan.

«Özbektelekom» yolğon va haqiqatga töğri kelmaydigan ma’lumotlar tarqalişini rad etar ekan, kelgusida bunday holatlar takrorlansa, öz işbilarmonlik obrösini himoya qiliş uçun sudga murojaat qiliş huquqini saqlab qolişini ta’kidladi.