Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda birinchi AES qurilishi rasman boshlandi
Ulken qishlog‘i yaqinidagi inshoot Rossiya bilan hamkorlikda quriladi.
Foto: Rosatom
Almati viloyatidagi Ulken qishlog‘i yaqinida Qozog‘iston tarixidagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Kazinform.
Tantanali tadbirda Qozog‘iston Atom energiyasi agentligi rahbari Almasadam Satqaliyev, «Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Qurilish maydonchasiga maxsus jihozlar keltirilib, Novovoronej atom elektr stansiyasining maketi ham o‘rnatildi. Qayd qilinishicha, Qozog‘istonda quriladigan stansiya ham shu modelga o‘xshash bo‘ladi.
Tuproq namunalarini olish marosimi o‘tkazilgan joyda ham burg‘ulash ishlari boshlandi. Olingan namunalar tadqiqot uchun Rossiya tomoniga topshirildi.
Qozog‘istonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishini yakunlash 2035-2036 yillarga mo‘ljallangan.

Avvalroq, Qozog‘istonda uchta AES qurish zarurligi haqida prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, respublikada yangi energetika tarmog‘ini yaratish strategik jihatdan muhim bo‘lib, bu uning «o‘nlab yillar davomida rivojlanishi uchun asos bo‘ladi». Buning uchun ikkita stansiya yetarli bo‘lmaydi va oxir-oqibat to‘liq yadroviy klasterni shakllantirish uchun uchinchisini qurish kerak bo‘ladi, dedi To‘qayev.
Ikkinchi va uchinchi AES Xitoyning China National Nuclear Corporation kompaniyasi tomonidan qurilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:27
Qozog‘istonda LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
17:46
Rossiya Turkiyadagi «Akkuyu» AES qurilishini moliyalashtirish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
12:13 / 28.12.2025